• info@iqac.asr.gov.uz
  • 45, Islam Karimov ko‘chasi, Chilonzor tumani, Toshkent, O‘zbekiston, 100066

Xalqaro malakalar va baholash markazi tashabbusi bilan Britaniyaning nufuzli oligohi bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilmoqda.

 Xalqaro malakalar va baholash markazi tashabbusi bilan Britaniyaning nufuzli oligohi bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilmoqda.
01 Apr
  • Admin

Xalqaro malakalar va baholash markazi tashabbusi bilan Britaniyaning nufuzli oligohi bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilmoqda.

International Qualifications and Assessment Center (IQAC) direktori Xusniddin Xomidov Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalaridan biri - University of Hertfordshire Rivojlanish bo'yicha direktori Professor Jon Easter bilan rasmiy uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv doirasida O'zbekiston oliy ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sifatli va amaliyotga asoslangan ta'lim berish imkoniyatlarini yaratish va Britaniya standartlari (RQF) ga mos professional dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muhokama qilingan asosiy yo'nalishlar:

University of Hertfordshire bilan O'zbekiston oliygohlari bilan yaqindan hamkorliklarni yo'lga qo'yish;

O'zbekistonda ushbu universitetning rasmiy Delivery Centre'ini ochish va IQAC orqali tahsil olayotgan talabalar uchun Britaniya diplomi olish imkoniyatini yaratish;

Akademik xodimlar uchun xalqaro standartlarga mos malaka oshirish dasturlarini joriy etish;

IQACning amaliyotga yo'naltirilgan dasturlari doirasida talabalar uchun Angliyada amaliyot o'tash imkoniyatlarini ta'minlash.

 Ma'lumot o'rnida, University of Hertfordshire Britaniyada o'z nufuziga ega, amaliyotga asoslangan ta'limi orqali dunyoga tanilgan. Bitiruvchilarining ishga joylashish ko'rsatkichlari bakalavr talabalari uchun 93% (ishga joylashgan yoki keyingi bosqichda o'qishni davom ettirgan) va bulardan 72% yuqori malakali lavozimlarni egallashgan, magistratura talabalari orasida esa bu ko'rsatkich 96% ni tashkil etadi va bundan 90.5% yuqori malakali ish yoki ilmiy faoliyatda.