Hujjatga asosan endilikda universitet O‘zbekistonda Buyuk Britaniyaning Tartibga solingan malakalar tizimi (RQF) asosidagi bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etishi mumkin.
Ushbu xalqaro miqyosda e’tirof etilgan dastur RQF 3-darajadan 7-darajagacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi va ikki yo‘nalishda — Axborot texnologiyalari hamda Biznes boshqaruvi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Dastur to‘rt yillik o‘quv jarayonini o‘z ichiga oladi va nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan (https://t.me/inha_uz/9110).