Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, xalqaro darajada tan olingan milliy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha birinchi navbatdagi choralar tasdiqlandi.
Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda xalqaro "IQF – Integrated Qualifications Framework" kompaniyasi hamkorligida Xalqaro malakalar va baholash markazi tashkil etilmoqda.
Markazning asosiy vazifalari – xalqaro standartlar asosida integratsiyalashgan dasturlarni ishlab chiqish, jumladan qurilish, muhandislik, axborot texnologiyalari, transport va logistika, turizm, mehmonxona xizmati va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida xalqaro ta'lim dasturlarini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, kasbiy malakalarni belgilash va mehnat bozoriga mos milliy malaka sertifikatlar tizimini yaratishdan iborat.