• info@iqac.asr.gov.uz
  • 45, Islam Karimov ko‘chasi, Chilonzor tumani, Toshkent, O‘zbekiston, 100066

Biz haqimizda

Biz haqimizda

Xalqaro malakalar va baholash markazi (IQAC) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tarkibida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tashkil etilgan.

Markaz (IQAC) xalqaro standartlarga muvofiq hamda Buyuk Britaniyaning Regulated Qualifications Framework (RQF) tizimi doirasida Angliyaning Ofqual talablari asosida kasbiy va oliy ta’lim malakalarni ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi. Markazning asosiy vazifalaridan biri — ushbu malakalarni O‘zbekistonning Milliy malakalar ramkasiga integratsiya qilishdir.

Markaz tomonidan ishlab chiqilgan RQF 3–8-darajadagi malakalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, ularning O‘zbekistondagi tegishli ta’lim darajalariga ekvivalentligi ta’minlangan.

Markaz tomonidan ishlab chiqilgan RQF 3–8 darajadagi malakalar talabalarning avval olingan ta’lim kreditlarini tan olish va uzviyligini ta’minlashga xizmat qiladi, bu esa ularga xalqaro miqyosda turli universitetlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirishni osonlashtiradi. Bunday yondashuv Britaniya malakalarining O‘zbekistonda tan olinishi imkoniyatlarini kengaytiradi hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va madaniy aloqalarni mustahkamlaydi.

Markazning funksiyalari va vakolatlariga, shuningdek, kasbga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish, ularni O‘zbekistondagi oliy ta’lim dasturlari bilan integratsiya qilish; ta’lim beruvchi tashkilotlarini akkreditatsiya qilish; akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilotlarga dasturlarni amalga oshirishda uslubiy va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek sifatni ta’minlash va belgilangan ta’lim standartlariga rioya etilishini ta’minlash kiradi.