OFQUAL (Qualifications and Examinations Regulation Office) - Angliyada faoliyat yurituvchi mustaqil davlat regulyator idorasi (Britaniya parlamentga bo’ysunuvchi tashkilot) bo'lib, malaka va imtihonlarni tartibga soladi. U ta'lim sifati, adolatliligi va xalqaro darajadagi tan olinishi ustidan nazorat qiladi.
RQF (Regulated Qualifications Framework) esa Angliyadagi malaka darajalarini 1-darajadan 8-darajagacha tasniflaydi va ta'lim natijalari hamda kredit birliklarining barqarorligini ta'minlaydi.
Bizning Malakalarimiz
IQAC malakalari Buyuk Britaniyaning Malakalar Ramkasi (RQF) bilan uyg’unlashtirilgan bo’lib, foundationdan boshlab magistratura darajalarini qamrab oladi.
| Daraja |
Nomi |
Tavsifi |
| 3-daraja |
Foundation |
O‘rta maktabdan keyingi bosqichdagi o‘quvchilar va kasb yo‘lini boshlayotganlar uchun |
| 4/5-daraja |
Bakalavriat |
Buyuk Britaniya bakalavriatining 1–2-kursiga tenglashtiriladi |
| 6-daraja |
Bitiruvchi bosqich |
Bakalavriatning yakuniy yili yoki “top-up” yo’li (oxirgi kursni Britaniya yoki mahalliy hamkor universitetlarda bitirish imkoniyati) |
| 7-daraja |
Magistratura |
Ilg‘or professional yoki akademik dasturlar |
IQAC tomonidan O’zbekistonda taklif etilayotgan yo'nalishlar
- Axborot Texnologiyalari: Kiberxavfsizlik, Ma'lumotlar Ilmi va Sun'iy Intellekt ta’lim yo'nalishlari
- Biznes Boshqaruvi
- Arxitektura
- Muhandislik
- Turizm va Mehmondo'stlik
Angliya RQF standartlari asosida o'qishning afzalliklari
- Erta boshlanish: 10-11-sinflarda o'qiyotgan o'quvchilar allaqachon 3-darajali (International Foundation) dasturga kirishlari mumkin.
- Uzluksiz rivojlanish: 3-darajali diplomga ega bo'lgan talabalar 4-darajaga, ya'ni Britaniya bakalavriatining birinchi bosqichiga o'tishlari mumkin.
- Moslashuvchan yo'llar: Talabalar 4, 5, va 6-darajalardagi o'qishni O'zbekistondagi hamkor universitetlarda davom ettirishlari yoki Britaniyadagi nufuzli universitetlarga o'tishlari mumkin.